Mashhur Muhammad - Siqilma | Milliy Karaoke

Milliy Karaokega obuna bo'ling : https://youtube.com/@MilliyKaraoke?feature=shared Hoy do‘stim, ayt nega holing parishon? Alamdan yuraging ezilyaptimi? Go‘y...

Mashhur Muhammad - Siqilma | Milliy Karaoke
Milliy Karaoke
1.4M views • Apr 6, 2025
Mashhur Muhammad - Siqilma | Milliy Karaoke

About this video

Milliy Karaokega obuna bo'ling : https://youtube.com/@MilliyKaraoke?feature=shared

Hoy do‘stim, ayt nega holing parishon?
Alamdan yuraging ezilyaptimi?
Go‘yoki dunyoda birgina sening
Omadsiz kunlaring cho‘zilyaptimi?

Ishingda unum yo‘q, uyingda tinchlik,
Ro‘zg‘orni g'orligi sezilyaptimi?
Bu ham yetmagandek og‘ir kuningda,
Eng yaqin do‘stlaring yuz buryaptimi?

Siqilma, mehmondir tanangda bu jon ham,
Ko‘p uchrar yo‘lingda yaxshi-yu yomon ham.
Izlasang topilar har mushkulga iloj,
Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham.

Sandan ham mandan ham, undan ham bundan ham,
Bizdan ham zo‘rdan ham qolar bu dunyo.
Kamdan ham ko‘pdan ham, kengdan ham tordan ham,
Yo‘qdan ham bordan ham, qidirma xato.

Kundan ham tundan ham, tongdan ham shomdan ham,
Oydan ham yildan ham, nolima aslo.
Balodan, qazodan, dardi bedavodan,
Uzrsiz xatodan asrasin Hudo.

Bir kam dunyo bu savdosi shunday,
Bir kuni unday-u bir kuni bunday,
Ko‘ngling bu hayotning mitti uchqunday
Tez yonib o‘chishin his qilayaptimi?

Qayg‘uga berilma, kuyinma jo‘ra,
O‘ylanib o‘tirma, tur undan ko‘ra!
Sinovni bergandan chorasin so‘ra,
To‘xtama toki yurak urayaptimi.

Siqilma, mehmondir tanangda bu jon ham,
Ko'p uchrar yo‘lingda yaxshi-yu yomon ham.
Izlasang topilar har mushkulga iloj,
Gar zamonga boqmasang boqmas zamon ham.

Siqilma, ishlaring yurishmasa ham,
Do'stlaring yoningda turishmasa ham,
Kecha har so'zingga mushtoq kimsalar
Hatto qo'l uzatib ko'rishmasa ham.

Siqilma, hali zo'r kunlar keladi,
Yo'qotganlaringning o'rni to'ladi.
Buguncha boriga shukr qil,
Ertangi kun sening kuning bo'ladi!

Milliy Karaoke loyihasi O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda ©

Tags and Topics

Browse our collection to discover more content in these categories.

Video Information

Views

1.4M

Likes

5.5K

Duration

4:21

Published

Apr 6, 2025

User Reviews

4.2
(276)
Rate:

Related Trending Topics

LIVE TRENDS

Related trending topics. Click any trend to explore more videos.