AbroBey - Bolalik | Milliy Karaoke 🎤

Bolalik xotiralari, sovuq suv va onam urishi haqida nostaljik qo'shiq. Milliy Karaoke'ga obuna bo'ling: https://youtube.com/@MilliyKaraoke

AbroBey - Bolalik | Milliy Karaoke 🎤
Milliy Karaoke
1.0M views • Feb 4, 2025
AbroBey - Bolalik | Milliy Karaoke 🎤

About this video

Milliy Karaokega obuna bo'ling : https://youtube.com/@MilliyKaraoke?feature=shared

Bolalik zoʻr boʻlardi,
Sovuq suv ichsam, onam urardi.
Dod yigʻlab qochardim,
Jahl qilsam hamma kulardi.

Bolalik zoʻr boʻlardi,
Yiqilsam, yugurib otam kelardi.
Bir erkalab oʻpardi,
Yiqilganim shu on unutardim.

Eslayman oʻsha damlarni,
Burchakka bekinib devorga chizardim.
Oʻyinchoqlarim faqat buzardim,
Yangi yilda kuni boʻyi archa bezardim.

Oʻsha eski bogʻcha, opam uxlamoqchi.
Men esa qochmoqchiman, qizlar aytmoqchi.
Lekin baribir qochardim, befoyda ushlash,
Hech kimga yoqmasdi “obed”da uxlash.

Hamma yasardi pistolet “buxanka”dan,
Bekinmachoq oʻynaganda qochardik bir chekkadan.
Oʻynardik “don-don-ziki” bitta chertkidan,
Varraklar yasardik “Aygen” paketlardan.

Hayajonli xotiralar: maktabda ilk kun,
Tayoqcha chizishni oʻrgandim 3 kun.
Ustozim kirganda aytardik joʻr boʻlib:
”Assalomu alaykum!”

Har kun tayyorgarlik, Alifbe bayrami,
“A” harfi tushgandi she’r yodlagani.
Qizlar salonga ilk bor kirgani,
Onalar pul yigʻardi video chaqirgani.

Sinfdoshim edi birinchi sevgim,
Hozir ham qiziq, goh kelar koʻrgim.
Oʻsha onlarni kelar qaytargim,
Sogʻindim bugun yoshligim.

Futbol oʻynardik chiqib oʻqishdan,
Darvoza boʻlardi yarimta gʻishtdan.
Charchab esladim bugun chiqib ishdan,
Oʻynarman ertaga, boʻshab tashvishdan.

Vaqt tez oʻtarkan, ulgʻaydik ancha,
Koʻrsatdi onamning oqargan sochi.
Oqlayman otamning hamma ishonchin,
Ishladi bizlar uchun charchagancha.

Hech biri savmadi onam sevgancha,
Hech kim berolmadi otam bergancha.
Koʻp adashdim tushunib yetgunimcha,
Turing yonimda dunyo turguncha.v

Milliy Karaoke loyihasi O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda ©
#instrumental #text #lyrics #karaoke

Tags and Topics

Browse our collection to discover more content in these categories.

Video Information

Views

1.0M

Likes

3.2K

Duration

2:28

Published

Feb 4, 2025

User Reviews

4.2
(202)
Rate:

Related Trending Topics

LIVE TRENDS

Related trending topics. Click any trend to explore more videos.